Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ajrashish uchun sud xarajatlarini kim to‘laydi?

Ajrashish uchun sud xarajatlarini kim to‘laydi?

Adliya vazirligi kanalida nikohni bekor qilish uchun davlat boji kimdan undirilishi borasida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, sudda davlat boji nikohni bekor qilishni so‘rab ariza topshirgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim.

«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan:

— nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan 446 000 so‘m miqdorida;

— takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan 892 000 so‘m miqdorida davlat boji undiriladi.

Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan undiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring