Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayblanuvchi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi(mi?)

Ayblanuvchi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi(mi?)

Illyustrativ foto

Toshkentdagi yirik bozorlar rahbarlarining iqtisodiy jinoyatlarda  ayblanib, birin-ketin hibs etilishi ortidan «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ bo‘lim boshlig‘i Dilshod Abdullayev ham 2018- yilning avgust oyida qamoqqa olingandi. «Kun.uz» xabariga ko‘ra,  qamoqqa olinganidan uch oydan o‘tib, hibsxonadan D.Abdullayevning o‘ligi chiqdi. Bosh prokuratura Matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, ayblanuvchi o‘z joniga qasd qilgan, «tergov davomida fuqaro D.Abdullayevga nisbatan ruxsat etilmagan hech qanday metodlar qo‘llanilmagan», — deya qo‘shimcha qilinadi  xabarda.

Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablari, hisbxonadagi shaxs qanday vosita orqali o‘z hayotiga nuqta qo‘yishi mumkinligi hozircha ochiqlanmagan, mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Dilshod Abdullayevning  jasadi kecha, 13-noyabr kuni tuproqqa qo‘yildi. U 43 yoshda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring