Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soxta guvohnoma olgan 3 nafar haydovchi halok bo‘ldi — Bosh prokuratura

Soxta guvohnoma olgan 3 nafar haydovchi halok bo‘ldi — Bosh prokuratura

Haydovchilik guvohnomalarini soxtalashtirish holati yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Bosh prokuraturada tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov davomida Toshkent shahri hamda Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida 1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu soxta guvohnomalarni olgan fuqarolardan 455 nafari 1 305 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Shuningdek, 9 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 3 nafari esa halok bo‘lgan.

Jinoyat ishining keng ko‘lamli va murakkab ekanini inobatga olib, Bosh prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Ayni paytda soxta guvohnomalar hamda ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan barcha hujjatlar to‘liq tekshirilmoqda, tergov harakatlari rejali tarzda davom etmoqda.

Bosh prokuratura fuqarolarni haydovchilik guvohnomasini faqat qonunchilikda belgilangan tartibda olishga chaqirib, soxta hujjatlardan foydalanish qonun bilan taqiqlangani va javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring