Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu savol Sudyalar oliy kengashiga taalluqli?!»

«Bu savol Sudyalar oliy kengashiga taalluqli?!»

Foto: Xabar.uz

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi mutasaddilarining OAV (ommaviy axborot vositalari) xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabarini bergandik.

Tadbirda savol berildiki (o‘xshatish uchun uzr so‘ragan holda), ma’muriy sudlarni «Astrobod»ga o‘xshatadiganlar ham yo‘q emas (izoh: «Astrobod» Husayn Boyqaro tomonidan hazrat Navoiy surgun qilingan shahar). Nega desangiz, boshqa sudlarda uyum-uyum qovun tushirib, tizimdan ketishi shart bo‘lgan ayrim sudyalar shu sudga «surgun» qilinayotganday. Masalan, vafot etgan odamni (!) sud qilib, unga jazo tayinlangan jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumani sudi sobiq raisi Xo‘yjayli tuman ma’muriy sudi rahbarligiga, yana bir marhumani sudda «gapirtirib», ajrim chiqargan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tuman sudi raisi esa Xorazm viloyat ma’muriy sudiga o‘tkazildi. Poytaxt tumanlaridan birining ma’muriy sudi sudyasi esa bitta ariza yuzasidan ikkita sud qarori chiqarib o‘tirishi-ku, aqlga sig‘maydi...

Turgan gap - savol yoqimli emas. Shunday esa-da, mutasaddi bosiqlik bilan javob qaytardi, mazmuni: faoliyatimiz xato-kamchiliklardan xoli emas, shundan kelib chiqib, tizim xodimlariga tegishli choralar ko‘rib borilmoqda, choralarki, hatto bir necha nafar sudyalar vakolatini muddatidan avval tugatish haqida taqdimnomalar kiritildi. Alohida ta’kidlash kerak, sudyalarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish Oliy sud vakolatiga kirmaydi. Demak, savolingiz O‘zbekiston sudyalar oliy kengashiga taalluqli...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring