Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat! Endi to‘xtash taqiqlangan joyga qo‘yilgan mashinani kamera aniqlaydi

Diqqat! Endi to‘xtash taqiqlangan joyga qo‘yilgan mashinani kamera aniqlaydi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan yo‘l qoidasi buzilishini aniqlaydigan AutoCon-SC/M kompleks tizimi modernizatsiya qilindi va 3.27 belgiga («To‘xtash taqiqlangan») amal qilmaydigan avtomobillar ham tizimda qayd etiladigan bo‘ldi. Tizimdagi yangilanish kecha, 25 mart sanasida test tariqasida sinovdan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, AutoCon-SC/M kompleks tizimi Toshkent shahar ichki ishlar boshqamasining YHXB avtomobillarining ba’zilariga o‘rnatilgan. Avtomobilning old oynasi ortiga o‘rnatilgan videokamera 58 davlatga tegishli raqamlarni aniqlay oladi va yo‘l harakati qoidalari buzilishini avtomatik tarzda qayd etadi.

To‘xtash taqiqlanganini bildiradigan 3.27 belgilariga amal qilmaslik qoidabuzarligi esa AutoCon-SC/M tizimi o‘rnatilgan avtomobilda shahar ko‘chalarini aylanish orqali aniqlanadi. Qoidabuzarlik haqidagi ma’lumot darhol internet orqali yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kompyuter tizimiga kelib tushadi.

Qoidabuzarlik bo‘lganini avtomobil egasi propiskadan o‘tgan xonadonga yuboriladigan xat yoki 8860 raqamiga SMS-talabnoma yuborish orqali aniqlash mumkin. Buning uchun avtomobilning Davlat raqami, bo‘sh joy, texpasportning seriya+raqami (masalan: 01A123AA AAC1234567) yozilgan SMS 8860 raqamiga yuborilishi kerak. Har bir kiruvchi SMS-xabar narhi 210 so‘m.

Ushbu xizmat UMS, Ucell, Uzmobile i Beeline kompaniyalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, to‘xtash taqiqlangan 3.27 belgiga amal qilmaslik eng kam ish haqining uch barobari (608 190 so‘m) miqdorida jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring