Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farmon va ijro: endi propiskaga qo‘yish bilan boshqa idora shug‘ullanadi

Farmon va ijro: endi propiskaga qo‘yish bilan boshqa idora shug‘ullanadi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti

Foto: «Nav.uz»

2018-yil 1-yanvardan boshlab «Yagona darcha» yagona markazlari Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi. Ular Prezidentning tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yuritadi. 2018-2020-yillarda faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali «Yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan 58 ta davlat xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ularning qatorida uy-joylarning suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirishga ruxsatnoma, turarjoy bo‘yicha ro‘yxatga olish (propiska), ro‘yxatdan chiqarish va hisobga qo‘yish, turli arxiv ma’lumotnomalari, patentlar, guvohnomalar va rasmiy hujjatlar dublikatlarini olish kabi aholining talabi yuqori bo‘lgan xizmatlar mavjud.

Ta’kidlash joiz, endilikda «Yagona darcha» orqali nafaqat tadbirkorlik sub’yektlariga, balki bevosita fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring