Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Toshkentda «tuyaqushchilar» ustidan sud boshlanadi

Ertaga Toshkentda «tuyaqushchilar» ustidan sud boshlanadi

Ertaga, 27-fevraldan «Straus House» MChJ mansabdorlariga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, ochiq sud majlisi soat 10:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi binosida boshlanadi.

Dastlabki tergov materiallariga ko‘ra, sudlanuvchilar I.Isroilov («Straus House» MChJ ta’sischisi), A.Maxmutaliyev («Straus House» MChJ direktori), D. Qutpiddinov («Straus House» MChJ direktori o‘rinbosari) va O. Saidov («Straus House» MChJ bosh hisobchisi) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining «b» bandi, 168-moddasi 4-qismining «v» bandi, 168-moddasi 4-qismining «a», «v» bandlari, 184-moddasining (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi, 189-moddasining (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan qilmishlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sudlanuvchi I. Isroilovga («Straus House» MChJ ta’sischisi) nisbatan «qamoq», boshqalarga esa «garov» ehtiyot choralari qo‘llanilgani aytiladi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 300 dan ortiq jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 7 906 800 200 so‘m bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 1 845 800 000 so‘m miqdorini bartaraf etish chorasi ko‘rilgan.

Dastlabki tergovda xatlangan mol-mulk — 4ta «Lasseti», «Spark» va «Malibu» rusumli avtomashinalar baholangan hamda Yunusobod tumani Kulolqo‘rg‘on ko‘chasidagi xonadonga taqiq qo‘yilgan.

Alohida qayd etilishicha, jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishi yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring