Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada oilali ayolni zo‘rlagan to‘rt erkakka hukm o‘qildi

Farg‘onada oilali ayolni zo‘rlagan to‘rt erkakka hukm o‘qildi

Beshariq tumanida oilali, ikki nafar farzandli ayolni to‘rt nafar erkak zo‘rlagani haqida xabar berilgandi.

Viloyat sudlari axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2023 yil 17 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudida sudlanuvchilar M. Y. (1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), D. Y. (1999 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan), A. S. (1984 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) va S. S.ga (1989 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra M. Y. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi «v» bandi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 1-qismi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, unga 9 yil;

D. Y. va A. S. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi «v» bandi va 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 8 yil;

S. S. Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, unga 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

«Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi», — deyiladi axborotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring