Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Feysbuk»da tanqidni qoyillatamiz, amaliy harakatga kelganda esa «no‘l»miz!

«Feysbuk»da tanqidni qoyillatamiz, amaliy harakatga kelganda esa «no‘l»miz!

Foto: «Vyatsu.ru»

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi «Fan to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Mazkur hujjatning maqsadi — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal etish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlash uchun fan va fan-texnik faoliyatni tartibga solishdan iborat. Muhokama 20-martgacha davom etadi.

Unda davlatning ilm-fan sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari quyidagicha keltirilgan: «milliy ilm-fanni rivojlantirishga ko‘maklashish, fan va texnikaning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ulushini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni soddalashtirish.

Hujjatda fan va fan-texnik faoliyat sub’yekti va ob’yekti, olimlarning huquqiy maqomi, fan va fan-texnik faoliyat sub’yekt va ob’yektlarini ijtimoiy ta’minlash belgilab olingan.

«Fan to‘g‘risida»gi qonun loyihasi

Qonun loyihasi 8 bob, 40 moddadan iborat. Ushbu loyiha ham keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, har bir modda hamda ularning mohiyati tahlil qilinmoqda. 

Loyiha rus tilida tayyorlangan. Ammo siz bemalol o‘zbek tilida izoh qoldirishingiz mumkin. O‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi izoh va takliflar birday inobatga olinadi. Qonun loyihasi muhokamasiga qo‘shilish uchun ushbu havolani bosing.

Tahririyatdan: Odatda «Feysbuk»da tanqidni qoyillatamiz, ammo amaliy harakatlarga kelganda «no‘l»miz. Buni qonunlar muhokamasidagi ishtirokimizdan ham bilish mumkin. Ertangi kunimiz bugun qabul qilinadigan qonunlarga ham chambarchas bog‘liq. Shu bois qonun loyihalarini takomillashtirishda qatnashing, taklif va mulohazalaringizni bildiring, tanishlaringizni ham bu muhokamalarga taklif eting, ertangi kuningizga befarq bo‘lmang.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring