Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

O‘qituvchi jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi umumiy o‘rta-ta’lim maktabi o‘qituvchisi Sh.D. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini 4 000 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring