Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik bokschi ozodlikdan mahrum qilindi

O‘zbekistonlik bokschi ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida JKning 244-1-moddasi 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan sportchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

«Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi boks va kikboks yo‘nalishlarida mahalliy va xalqaro musobaqalarda g‘oliblikka erishgan taniqli sportchi hisoblanadi.

U aqidapalastlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan ma’lumotlarni tarqatganlikda ayblangan.

Sportchining aytishicha, u ushbu musiqani eshitib qolgach, o‘zining mashg‘ulot jarayoniga o‘sha qo‘shiqni qo‘ygan va instagram sahifasiga joylagan.

«Inson har doim hushyor bo‘lishi kerak ekan. O‘tgan olti oyda ichimdan nima o‘tganini o‘zim bilaman... Yarim soat instagramda turgan narsa hayotimda ko‘rgan 21 yillik mehnatimni sindirib tashladi, 21 yilim uvol bo‘lib ketdi», deydi sportchi.

Sudlanuvchi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilinib, unga 2 yil sinov muddati belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring