Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda ayol xushtorini qotillikka yolladi (video)

Qashqadaryoda ayol xushtorini qotillikka yolladi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Yollanma qotil sheriklari bilan tadbirkorni 44 marta pichoqlab o‘ldirgan hamda uydan 850 mln so‘mni olib ketgan. Qotillik qurboni bo‘lgan tadbirkor — ayolning eri edi.

Joriy yilning 25 martdan 26 martga o‘tar kechasi Shahrisabzda tadbirkor X.M jinoiy guruh tomonidan o‘ldirib ketilgan. Uni 44 marta pichoqlagan yollanma qotil va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, tadbirkor X.M. ayolining U.S. bilan ishqiy munosabatda bo‘lganilan xabar topgan va oilaviy janjal yuzaga kelgan. Siri fosh bo‘lgan U.S. uyida saqlanayotgan pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, qochish rejasini tuzgan va qotil yollab turmush o‘rtog‘ining yashash xonadonida bosqinchilikni rejalashtirgan.

Qabih rejaga ko‘ra, ayolning hushtori va uning sheriklari pichoq bilan qurollanib, X.M.ning uyiga bostirib kirgan. Bosqinchilar uni shavfqatsizlarcha o‘ldirib, seyfdagi 850 million so‘m pul mablag‘ini olib, hodisa joyidan yashirinishgan. Ammo ular tez orada qo‘lga olinishgan.

Sud hukmiga ko‘ra, marhumning ayoliga 13 yilu 4 oy, uning hushtori U.S.ga nisbatan esa 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a’zolari B.S.ga 21 yilu 6 oy, A.I va J.X.larga 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring