Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi yashirin dori sexining "siri" oshkor bo‘ldi

Qashqadaryodagi yashirin dori sexining

Foto: Prokuratura departamenti.

Qashqadaryo viloyatida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.D. Yakkabog‘ tumani “Chinobod” MFYdagi xonadonda yashirin sex tashkil qilib, dori vositalarning yorliq va yo‘riqnomalarini o‘zgartirish orqali qalbaki dori vositalarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu xonadondan umumiy bahosi 193,5 mln so‘mlik 11 turdagi 3 211 dona dori vositasi hamda 188 638 dona turli dori vositalarining yorliq va yo‘riqnomalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring