Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistondan olib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistondan olib o‘tilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar to‘xtatib qolindi

Giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan «Gentra» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur shaharda istiqomat qiluvchi, 1994-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda qilingan 2 797 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring