Samarqandda «Umar» kompaniyasi rahbarlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan

«Umar» qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan ko‘p qavatli uy.
Samarqandda quruvchilik faoliyati bilan taniqli bo‘lgan «Umar» qurilish kompaniyasi rahbari, yirik tadbirkor Umar Rajabov, uning o‘g‘li, «Umar» kompaniyasiga qarashli yana ikki qurilish firmasi rahbarlari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb xabar berdi «Daryo».
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyat prokuraturasi ehtiyot chora sifatida ularni qamoqqa olgan.
«Umar» qurilish kompaniyasining uylari atrofidagi mojarolar ikki yildan beri davom etayotgan edi. Ushbu kompaniya qurgan uylarning buzilishi haqidagi gap-so‘zlardan sarosimaga tushgan buyurtmachilar, ya’ni uyga pul to‘lagan odamlarning ayrimlari bergan pullarini qaytarishni talab qila boshlagan. Ana shunday shikoyat xatlari asosida viloyat prokuraturasi «Umar»ga qarshi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3, 4-bandlarida ko‘zda tutilgan katta miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblab jinoiy ish ochdi va kompaniya rahbarlari qamoqqa olingan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi hozircha rasmiy ma’lumot bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter