Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘ra Avloqulovni otgan shaxs qamoqqa olindi — Prokuratura

To‘ra Avloqulovni otgan shaxs qamoqqa olindi — Prokuratura

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan qurol o‘qidan olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgani xabar qilingandi.

Qo‘shimcha qilinishicha, 1967 yilda tug‘ilgan To‘ra Avloqulov kurash federatsiyasi Shahrisabz tumani ijrochi direktori lavozimida ishlagan.

Prokuratura tomonidan uning o‘limi bilan bog‘iq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida sudga oid tibbiyot, kimyoviy, kriminalistika, biologiya va ballistika ekspertizalari tayinlangan.

30 mart kuni ayblanuvchi shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring