Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent-Andijon» poyezdining vagon kuzatuvchisi ushlandi

«Toshkent-Andijon» poyezdining vagon kuzatuvchisi ushlandi

Foto: «Amp.politeka.net»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va transport prokuraturasi xodimlari yana bir firibgarlikka oid jinoyatni fosh etishdi. Ya’nikim, «Toshkent-Andijon» yo‘nalishi vagon kuzatuvchisi F.X. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘zi ishlab kelayotgan jamiyatga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan firibgarlik (168-modda) va pora berishga qasd qilish (28, 211-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring