Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday holatlarda 100 foiz to‘lanadi?

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday holatlarda 100 foiz to‘lanadi?

Foto: «Xabar.uz»

Quyidagilarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi:

— ishlayotgan 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga;

— baynalminal jangchilar va ularga tenglashtirilganlarga;

— qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari borlarga;

— Chernobil AESdagi avariyani tugatishda qatnashganlarga;

— Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, o‘tkir leykoz, adenoma, rak va xavfli o‘smali kasallikka chalinganlarga;

— mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lganlarga.

Boshqa xodimlarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

  • ish staji 8 yil va undan ko‘p xodimlarga va 21 yoshga yetmagan chin yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
  • ish staji 8 yilgacha xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida to‘lanadi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring