Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashirincha olib o‘tilayotgan gilzalar va o‘q yasash uskunasi fosh bo‘ldi

Yashirincha olib o‘tilayotgan gilzalar va o‘q yasash uskunasi fosh bo‘ldi

Bojxona xodimlari tomonidan navbatdagi qonunbuzilish holatiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati «Sariosiyo» chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan xorijiy davlat fuqarosi Sh.N belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida, ushbu shaxsning qo‘l sumkasi ichidan 100 dona «Record» nomli 16 kalibrli poroxsiz gilzalar, 200 dona rangsiz patron uchun polietilen kontenerlar va bir dona oq rangli «UPS-5» nomli patron tayyorlab berish uchun komplekt uskunalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring