Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Guaido yoki Maduro — dunyo mamlakatlari kim tomonida? (infografika)

Guaido yoki Maduro — dunyo mamlakatlari kim tomonida? (infografika)

Foto: «Xabar.uz»

Muxolifatchi Guaido yoki prezident Maduro — dunyo mamlakatlari kim tomonida? Buni «Bloomberg» agentligi taqdim etgan yuqoridagi xarita-infografika orqali bilib olishingiz mumkin. O‘zimizdan qo‘shimcha qilsak, hammasi «eski ssenariy» bo‘yicha davom etayotgandek...

Xo‘sh, Venesuelada nimalar yuz beryapti, voqealar tarixiga qaytamiz:

■ Guaido Yevropa ittifoqidan xuddi AQSh kabi Maduro hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashni so‘radi.

■ Venesuela oliy sudi Xuan Guaidoning mamlakat parlamenti spikeri etib tayinlanishini bekor qildi.

■ Nikolas Maduro AQSh ga qaytib ketishga 72 soat muddat bergan amerikalik diplomatlar Venesuelada qolishga qaror qilishdi.

■ Maduro bosqinga qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy tayyorgarlikni e’lon qildi.

■ Guaido 30-yanvar va 2-fevral kunlari yangi umummilliy namoyishlar o‘tkazilishini e’lon qildi.

■ AQSh davlat departamenti Venesuelaning AQSh banklaridagi hisoblarini Guaido uchun ochib berdi.

■ O‘zini o‘zi Venesuela hukumati rahbari deya e’lon qilgan Guaido mamlakatdan chiqishi taqiqlanishi mumkin.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring