Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik pul muomalaga chiqarilmoqda

Bugundan O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik pul muomalaga chiqarilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yilning 25-fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida xabar bergandi.

Demak bugundan muomalaga chiqayotgan 100 000 so‘mlik pul O‘zbekistonda eng katta qiymatdagi kupyura bo‘ladi. Oxirgi bor 2017-yilda 10 000 so‘mlik va 50 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilgan edi.

22-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda bosmadan chiqarilgan 100 ming so‘mlik pulning fotosi tarqaldi.

Markaziy bank yangi qiymatdagi pulning himoya elementlari tasnifi va joylashishi yuzasidan ham ma’lumot bergandi.

Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring