Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Adliya vazirligi tomonidan Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashish markazi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqi axborot» kanalida xabar berildi.
«Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi ziyolilar salohiyatini birlashtirish, tadqiqot ishlarini olib borish orqali hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga va modernizatsiyalashga ko‘maklashish hisoblanadi» — deyiladi xabarda.
Biroq xabarda markazning tashkiliy tuzilmasi, shtat birligi, moliyaviy manbalari, faoliyatini qay tartibda amalga oshirishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Shuningdek, markaz qachondan ish boshlashi ham noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter