Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Innovatsion rivojlanish vazirligi ishi tubdan o‘zgartiriladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi ishi tubdan o‘zgartiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi viloyat hokimlari bilan birga yangi quvvatlarni joylashtirish, ularga sharoit yaratish va mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlashga ko‘rsatma berildi.

«Ochiq aytish kerak, mahalliy sanoatimiz ilm va innovatsiyadan ajrab qolgani sababli ko‘plab korxonalar yangi raqobat sharoitiga moslashishi juda qiyin bo‘ladi», dedi davlatimiz rahbari.

Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi ishi tubdan o‘zgartirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlik hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirishda yangi texnologiyalar va amaliy yechimlar olib kirish bilan shug‘ullanishi zarur.

Bunda, vazirlik viloyat «loyiha guruhlari» bilan birga 2022-yilda yangi o‘zlashtiriladigan 644 ta mahsulotning (2,6 milliard dollarlik) texnologik yechimlari bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring