MANAR Development ESG-kengashi Qibrayda sayyor yig‘ilish o‘tkazdi
8-yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida MANAR Development ekspert ESG-kengashining sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tashrif maqsadi kompaniyaning o‘z yashil ko‘chatzorini tashkil etish uchun ko‘rib chiqilayotgan yer uchastkasini dastlabki baholashdan iborat edi.
Tashabbus MANAR Development loyihalarining barqaror ko‘kalamzorlashtirish tizimini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu maydonchada kelajakda kompaniya ob’yektlarini obodonlashtirishda foydalaniladigan daraxtlar, butalar va boshqa turdagi yashil o‘simliklar yetishtirilishi rejalashtirilmoqda. Bunday yondashuv O‘zbekistonning iqlim sharoitlari va muayyan loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ekish materiallarini oldindan tayyorlash imkonini beradi.
Sayyor yig‘ilish davomida ESG-kengashi a’zolari uchastkaning xususiyatlari bilan tanishdilar, uning salohiyatini baholadilar va yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin qo‘shimcha o‘rganilishi lozim bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlarni muhokama qildilar. Dastlabki ko‘zdan kechirish natijalariga ko‘ra, hudud joylashuvi, maydoni va tabiiy sharoitlari bo‘yicha istiqbolli deb topildi.
Muhokama chog‘ida tuproq sifati va suv balansi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ESG-kengashi a’zosi, Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining yetakchi dendrolog mutaxassisi Atirgul Xolmirzayeva ekspert tavsiyalari bilan chiqdi.
Yashil ko‘chatzor barqaror natija berib, samarali ishlashi uchun hududni har tomonlama o‘rganish zarur. Bu o‘rinda, avvalo, tuproqning laboratoriya tahlili, uning tuzilishi, tarkibi va unumdorligini baholash haqida gap bormoqda. Yer osti suvlari sathi, ularning mavsumiy o‘zgarishi va chuqurligini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu o‘simlik turlarini tanlash va ularni parvarish qilish usullariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, – dedi Atirgul Xolmirzayeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan poytaxt iqlimiga moslashgan o‘simliklarni tanlash ham prinsipial ahamiyatga ega: Bu o‘rinda gap, avvalo, tuproqning laboratoriya tahlili, uning strukturasi, tarkibi va unumdorligini baholash haqida bormoqda.
Gap bir lahzalik dekorativ yechimlar haqida emas, balki uzoq muddatli barqarorlik haqida borishi kerak. Bular mahalliy iqlim sharoitiga, qurg‘oqchilik davrlariga, harorat o‘zgarishlariga yaxshi chidaydigan, shahar muhitida to‘laqonli rivojlana oladigan daraxt va butalar bo‘lishi lozim. Bunday yondashuv yashil o‘simliklarning sog‘lomligi va ularning haqiqiy ekologik vazifasini ta’minlaydi, – deb ta’kidladi mutaxassis.
ESG-kengashi MANAR Development kompaniyasiga soha mutaxassislarini jalb qilgan holda uchastkada qo‘shimcha muhandislik-geologik va agrokimyoviy tadqiqotlar o‘tkazishni tavsiya etdi. Olingan ma’lumotlar asosida yakuniy ekspertiza xulosasi tayyorlanadi va bo‘lajak yashil ko‘chatzor konsepsiyasi shakllantiriladi. Uning yaratilishi kompaniya tomonidan loyihalarning ekologik barqarorligini oshirish, tabiiy resurslarga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va sifatli shahar muhitini shakllantirishga qaratilgan tizimli ESG yondashuvining bir qismi sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
ESG kengashi MANAR Development kompaniyasiga soha mutaxassislarini jalb qilgan holda uchastkada qo‘shimcha muhandislik-geologik va agrokimyoviy tadqiqotlar o‘tkazishni tavsiya qildi. Olingan ma’lumotlar asosida yakuniy ekspertiza xulosasi tayyorlanadi va bo‘lajak yashil pitomnik konsepsiyasi shakllantiriladi. Uning yaratilishi kompaniya tomonidan loyihalarning ekologik barqarorligini oshirish, tabiiy resurslarga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish va sifatli shahar muhitini shakllantirishga qaratilgan tizimli ESG yondashuvining bir qismi sifatida ko‘rib chiqiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter