Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank oltin tangani 12 700 000 so‘mdan sotuvga qo‘ydi

Markaziy bank oltin tangani 12 700 000 so‘mdan sotuvga qo‘ydi

Foto: Markaziy bank

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirayotgani haqida xabar qilgan edik.

Markaziy bank axborot xizmati esdalik tangalarning 28 noyabrdan boshlab sotiladigan narxlarini e’lon qildi.

Foto: Markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan  iborat. Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring