Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Moliya vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

Shorahmetov Shohrux Shoturg‘unovich Prezident qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining davlat budjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shorahmetov Sh.Sh. 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1998yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha bo‘linmasining bosh konsultanti lavozimida ishlagan. Moliya-iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.

Shorahmetov Sh.Sh. ijtimoiy soha-ta’lim, sog‘liqni-saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, budjet mablag‘larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat budjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis bo‘lib hisoblanadi, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Esmlatib o‘tamiz, avvalroq Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring