Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moliya vazirligi «Tashabbusli budjet»dagi shubhali to‘plangan ovozlarni o‘rganadi

Moliya vazirligi «Tashabbusli budjet»dagi shubhali to‘plangan ovozlarni o‘rganadi

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan «Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida ayrim loyihalar qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotganligi yuzasidan e’tirozlar bildirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Moliya vazirligi o‘z munosabatini bildirib, bunday hollarda vazirlik tomonidan tekshiruv ishlari olib borilishini ma’lum qildi.

«Fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shubhali to‘plangan ovozlar deb topilgan loyihalar bo‘yicha Moliya vazirligi tomonidan ushbu murojaatlarning haqqoniyligi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi.

O‘rganishlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonining muddati tugagach barcha ovozlar qayta tekshirib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonlari joriy yilning 17-sentyabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring