O‘tgan yili eng ko‘p avtomobilni sirdaryoliklar sotib olishgan – statistika
2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi birlamchi avtomobil bozorining dinamikasi va hududiy tuzilmasiga bag‘ishlangan yangilangan sharh taqdim etildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida mahalliy va import ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,2 foizga oshib, qariyb 370 ming donani tashkil etdi.
Hududiy kesimda eng yuqori faollik Sirdaryo (45 foiz), Toshkent (36 foiz), Namangan (26 foiz) va Qashqadaryo (21 foiz) viloyatida qayd etildi.
Shu bilan birga, yil davomida yangi yengil avtomobillar realizatsiyasi hajmi Toshkent shahrida, Navoiy va Xorazm viloyatlarida kamaygani kuzatildi.
O‘tgan yil davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar segmentidagi savdo hajmi 315 ming donanidan oshdi. Shu bilan birga, xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar realizatsiyasi taxminan 53,3 ming donani tashkil etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter