Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston dunyoning 80 davlatiga 180 turdagi meva-sabzavotni eksport qilmoqda

O‘zbekiston dunyoning 80 davlatiga 180 turdagi meva-sabzavotni eksport qilmoqda

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda ayni paytda 180 turdagi meva-sabzavotlar sayyoramizning 80 davlati, xususan, Rossiya, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Turkiya va boshqa davlatlarga yetkazilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekoziqovqatxolding»ning qayd etishicha, jahon bozorida mahsulotlarimizga bo‘lgan talabni oshirish, zamonaviy saqlash xonalari, logistika va xaridorlarga mahsulotlarni yetkazib berish uchun sig‘imi 800 ming tonnadan ortiq 1300 ta sovutish kamerasi va ombori faoliyat yurityapti.

«Joriy yilda 197 ta sovutish xonasi va kameralar qurib, saqlash quvvatini 100 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring