O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
«Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini barqaror rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–398-son, 30.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va ta’mirlashni moliyalashtirish maqsadida Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
- umumta’lim maktablari, tibbiyot va sport muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
- ta’lim, tibbiyot va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar, o‘quv va tibbiy anjomlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash;
- boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter