Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi korxonalarning har uchinchisi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistondagi korxonalarning har uchinchisi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

Illyustrativ foto

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2025-yilning 1-yanvar holatiga 474,9 mingtaga yetdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

  • Savdo sohasida — 153 370 ta
  • Sanoat sohasida — 59 520 ta
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 34 881 ta
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 30 374 ta
  • Qurilish sohasida — 30 343 ta
  • Tashish va saqlash sohasida — 17 245 ta
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 14 283 ta
  • Axborot va aloqa sohasida — 11 901 ta
  • Boshqa sohalarda — 122 982 ta

Statqo‘m avvalroq bergan xabarga ko‘ra, 474,9 mingta korxona va tashkilotning 403,8 mingtasi yoki 85 foizi — kichik korxona va mikrofirmalar.

Korxona va tashkilotlar eng ko‘p faoliyat yuritayotgan hududlar: Toshkent shahri (108 678 ta), Toshkent (46 479), Samarqand (41 091), Farg‘ona (37 846) va Qashqadaryo (30 424) viloyatlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring