Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning 2024-yil uch oyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari — statistika

O‘zbekistonning 2024-yil uch oyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari — statistika

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylarida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot (YIM) ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi. Bu davrda YIM hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga o‘sgan.

Sanoat tarmog‘ining o‘sishi 6,5 foiz bo‘lib, YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 1,8 f.p.ni tashkil etgan.

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi — 3,6 foiz, YIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.

Qurilish ishlari hajmining o‘sishi — 6,8 foiz, YIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,4 f.p.

Xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘sish sur’ati 6,8 foizni tashkil etgan. Shundan savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 10,2 foizga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 10,4 foizga hamda boshqa xizmat sohalari 5,1 foizga o‘sgan. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 3,4 f.p.ni tashkil etgan.

Mahsulotlarga sof soliqlar hajmi 3,6 foizga o‘sib, YaIM o‘sishiga ijobiy hissasi 0,2 f.p.ni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring