Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Import qilinadigan uglevodorod xom ashyolarini yetkazib beruvchilari orasida tanlov o‘tkazilmoqda

«O‘zbekneftgaz»: Import qilinadigan uglevodorod xom ashyolarini yetkazib beruvchilari orasida tanlov o‘tkazilmoqda

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2022-yil oxirigacha import qilinadigan uglevodorod xom ashyosini sotib olish uchun yetkazib beruvchi kompaniyalar orasida tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Xususan, joriy yil yakuniga qadar zavod ehtiyojlari uchun import qilinadigan uglevodorod xom ashyosining miqdori quyidagilarni tashkil etadi:

  • 20 ming tonn gazoyl;
  • 20 ming tonn neft;
  • 20 ming tonn gaz kondensati.

Yetkazib berish joyi: O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani, Mustaqillik ko‘chasi 1-uy: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi.

Tanlovning o‘tkazilish muddati:

  • Hujjat topshirishning boshlanish muddati — 2022-yil 11-avgust.
  • Hujjat topshirishning so‘nggi muddati — 2022-yil 30-avgust.

Tanlov tashabbuskori bilan aloqalar:

Mas’ul shaxs: Nazirov Sulaymon

Tel.: +998 65 365-42-50

Qo‘shimcha telefon raqamlar: +998 65 364-13-44; +998 91 311-16-61;

Elektron pochta manzili: otdel_tolling@bnpz.uz va info@bnpz.uz

Sizni Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ehtiyojlari uchun import qilinadigan uglevodorod xom ashyosini xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda faol ishtirok etishingizga umid qilamiz.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring