O‘zmilliybank Silk Road Samarkand turistik majmuasini boshqarish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikka taklif etadi
O‘zmilliybank mehmonxona va turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan sheriklarni Silk Road Samarkand turistik majmuasini boshqarish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikka taklif etadi.
Majmua Samarqand shahrida joylashgan bo‘lib, xalqaro texnik standartlar asosida qurilgan, uzunligi taxminan 2 km bo‘lgan eshkak eshish kanali bo‘ylab barpo etilgan. U loyihaning markaziy rejalashtirish o‘qini tashkil etadi. Silk Road Samarkand dastlab yagona turistik shahar sifatida, mehmonxona, tadbirlar va jamoat infratuzilmasini markazlashgan boshqaruv konsepsiyasi asosida amalga oshirilgan. Majmuaning umumiy hududi 212 gektarni tashkil etadi.
Majmua tarkibiga jami 1 185 taga yaqin xonalar fondiga ega bo‘lgan 8 ta mehmonxona kiradi, jumladan:
5 yulduzli toifa:
- Hilton Samarkand Regency
- Silk Road by Minyoun
4 yulduzli toifa:
- Lia by Minyoun Stars of Ulugbek
- Savitsky Plaza
3 yulduzli toifa:
- Wellness Park Hotels Bactria
- Wellness Park Hotels Turon
- Hilton Garden Inn Afrosiyob
- Hilton Garden Inn Sogd
Barcha mehmonxonalar restoran va barlar, fitnes va wellness hududlari, basseynlar hamda konferensiya zallari bilan jihozlangan.
Majmua xalqaro forumlar va yirik tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu uning xalqaro miqyosdagi tadbirlar maydoni sifatidagi maqomini tasdiqlaydi va barqaror MICE-oqimni shakllantiradi.
Loyihaning madaniy markazi — “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik parki bo‘lib, u amfiteatr, ochiq sahnalar, hunarmandchilik ustaxonalari va gastronomik loyihalarni o‘z ichiga olgan jonli jamoat makonidir. U majmua iqtisodiyotiga integratsiya qilingan bo‘lib, mehmonlarning o‘rtacha qolish muddatini oshirishga xizmat qiladi.
Aloqa uchun:
+998 (78) 150-35-79
+998 (95) 667-99-99


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter