Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Foto. Prezident borgan logistika markaziga media-tur tashkil etildi

Foto. Prezident borgan logistika markaziga media-tur tashkil etildi

Foto: «President.uz»

Loyiha ishtirokchilari uchun Zangiota tumanida joylashgan «Highway Logistics» logistika markaziga hamda tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida trikotaj mahsulotlarining eksporti bilan shug‘ullanaladigan ob’yektiga media-tur bo‘lib o‘tmoqda.

Shu bilan birga, ishtirokchilarning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida OAV to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilayogan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan tegishli soha ekspertlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Qayd etilishicha, mazkur logistika markazida eksport qilinadigan mahsulotlarning bojxona tekshiruvi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari uchun uzog‘i bir soat vaqt sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrifi chog‘ida tumandagi «Highway Logistics» markazida tashkil qilingan bojxona bo‘limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda yetkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring