Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston sigirlar O‘zbekistonga o‘tib ketishining oldini olish uchun eksportni taqiqladi

Qozog‘iston sigirlar O‘zbekistonga o‘tib ketishining oldini olish uchun eksportni taqiqladi

Foto: Google.com

Qozog‘iston mamlakat hududidan sigirlarni olib chiqishni taqiqladi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri va moliya vazirining qo‘shma qarori haqida «Spot»ga asoslanib ekologiya telegram-kanalida xabar qilindi.

Taqiqqa sabab, qozog‘istonlik fermerlar chorva mollarini O‘zbekistonda sotish daromadliroq bo‘lgani uchun ommaviy ravishda olib chiqishni boshlashgan. Bu esa Qozog‘istonning o‘zida go‘sht yetishmasligiga hamda narxlarning oshishiga olib kelgan.

Taqiq olti oyga joriy etiladi hamda yirik shoxli qoramol, xususan, bir yoshgacha bo‘lgan urg‘ochi buzoqlar, bir yoshdan oshgan sigirlar, qo‘y, echki va echki bolalariga tegishli.

Bunga qadar Qozog‘iston urg‘ochi mollarni mamlakat hududidan olib chiqishga taqiq qo‘ygan edi.

O‘shanda respublikada 78 ta chorvachilik xo‘jaligi mavjudligi, ular orqali mollar xorijiy mamlakatlarga, xususan, O‘zbekistonga eksport qilinishi ma’lum bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring