Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ayolga qisqartirilgan ish vaqti beriladi

3 yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ayolga qisqartirilgan ish vaqti beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, 3 yoshga to‘lmagan bolaning budjet tashkilotlarda ishlaydigan onasi haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi. 

Shunday hollarda budjetdan moliyalashtirilmaydigan ish beruvchilarda ishlaydigan ota-onalardan biriga, vasiysiga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda belgilanishi mumkin.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) onasining iltimosiga ko‘ra tibbiy xulosa asosida to‘liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo‘shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring