Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

40 nafarga yaqin o‘zbekistonlik AQShdan chiqarib yuborildi

40 nafarga yaqin o‘zbekistonlik AQShdan chiqarib yuborildi

7-sentyabr, yakshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, AQShda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosini ortga qaytardi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu parvoz AQSh o‘z chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan davomli harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi.

«AQSh noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan. AQShga noqonuniy kirib kelganlar qamaladilar va deportatsiya qilinadilar», – deyiladi elchixona axborotida.

Diplomatik idora, o‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatiga AQShning deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring