Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Akademik Sobir Mirvaliyev olamdan o‘tdi

Akademik Sobir Mirvaliyev olamdan o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 18 iyun kuni adabiyotshunos olim, akademik Sobir Mirvaliyev hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), filologiya fanlari doktori (1971), professor (1978) Sobir Mirvaliyev 1933 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1956). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti Adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodim (1957), «O‘zbek tili va adabiyoti masalalari» jurnalida adabiy xodim (1958-62), institutda katta ilmiy xodim (1962-74), Toshkent madaniyat instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (1974-95), shu kafedra professori (1995 yildan) sifatida faoliyat yuritgan. U o‘zbek romanchilik maktabining paydo bo‘lish va shakllanish yo‘lini tadqiq etgan. Olimning «O‘zbek adiblari» kitobida XX asrda yashab ijod etgan yozuvchilar hayoti va ijodi haqida muxtasar ma’lumotlar berilgan. 2000 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali adabiyotshunosning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring