«Dizayn» a’zosi Dilshod Musabekov vafot etdi
«Dizayn» guruhi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi.
Dilshodbek Musabekov — taniqli o‘zbek aktyori, shoumen va «Dizayn» yumoristik guruhi a’zosi sanaladi.
U kino va sahna ko‘rinishlaridagi komik rollari bilan keng omma va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek u «Jaydari zarba», «Labbay rais» kabi bir qator o‘zbek filmlarida bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.
Xabar.uz Dilshod Musabekovning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter