Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev amaldorlarni ogohlantirdi, Putin tomoshasi, Shvarseneggerni hayron qoldirgan o‘zbek (video), soxta «gazchilar», totalizator, Qarshiga kelmagan Xavi va boshqa xabarlar

Mirziyoyev amaldorlarni ogohlantirdi, Putin tomoshasi, Shvarseneggerni hayron qoldirgan o‘zbek (video), soxta «gazchilar», totalizator, Qarshiga kelmagan Xavi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 4-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Rossiyada prezident saylovi: asl kurashmi yoki Putinning navbatdagi tomoshasi?

Kavkaz olov ichida, jinoyatchilik butkul jilovdan chiqqan, ishsizlik keskin oshgan, davlat iqtisodi ichki va tashqi qarzlar sirtmog‘ida qolgan, bir to‘da oligarxlar jamiki daromadli sohalarni egallab olishgandi.

Zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev: «Hamma bir xil to‘y qiladi. Agar birorta rahbar — prokurormi, soliqchimi, hokimmi, chegarachimi — me’yordan chiqsa, o‘sha kuniyoq qamayman!» (audio)

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng taralayotgan va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotgan audioyozuv xalqaro tarmoqqa kim tomonidan sizdirilgani, bu nutq qachon va qaysi yig‘ilishda aytilgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Faqatgina audioning so‘ngrog‘ida Shavkat Mirziyoyev bu borada Andijon viloyatidagi vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tganidan voqea Andijon viloyatiga borganda yuz berganini taxmin qilish mumkin.

Temir yo‘l chiptalari xarid qilishda VISA xalqaro to‘lov tizimi joriy qilinmoqda

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan yo‘lovchi va o‘z mijozlariga servis xizmatini yanada yaxshilash borasida rejali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, to‘lovlarni amalga oshirish uchun yangi tizim ishga tushirilmoqda.

Halok bo‘lganlarning jasadlari Xorazmga olib kelindi

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, hozir halok bo‘lganlarning shaxsini identifikatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Andijonda fuqarolarni «shilayotgan» soxta gaz xodimlari ushlandi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhining xabariga ko‘ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan shu yilning 26-fevral kuni olingan ma’lumot yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Navoiy shahrining tungi manzaralari (foto)

O‘zbekiston milliy axborot agentligi fotomuxbiri tomonidan Navoiy shahrining tungi manzaralari ob’yektivga tushirildi.

Avtohalokatlar

Toshkentda navbatdagi mudhish YTH

Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasidagi «Transtexbutlash» MChJ qarama-qarshisida haydovchi «Neksiya» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, boshqa bir «Kobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Angrenda teplovoz piyodani urib yubordi

Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Angren shahar shifoxonasining birlamchi ma’lumotnomasiga asosan, G‘.Karimovga «o‘ng tomon yuz va yelka sohalarining lat yeyishi, o‘ng oyoq tovon qismi suyagining yopiq sinishi» tashxisi qo‘yilgan.

Ohangarondagi YTHda halok bo‘lgan fuqaroning shaxsi aniqlashtirilmoqda

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘ng‘irotdagi YTHda er-xotin halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida 2-mart kuni soat 07:55 larda Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi Q.Yu. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan «Lada» rusumli avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 yo‘lining 900-km.da haydab ketayotgan edi.

Texnologiya

Smartfoningizni shaxsiy yordamchiga aylantiruvchi 12 ilova

Bugun smartfonga ko‘p ishlarni yuklash mumkin, faqat ilova to‘g‘ri tanlansa bas. «Android» va «iOS» uchun mo‘ljallangan bu dasturlar ishlaringizni tartibga solib, xarajatlaringizni nazorat qiladi, qanchalik band bo‘lmang, unutgan rejalaringizni eslatib turadi.

«Facebook»dagi akkauntni o‘chirish yoki faolsizlantirishni bilasizmi?

O‘chirishdan oldin siz o‘z akkauntingizda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni kompyuteringizga ko‘chirib olishingiz mumkin.

Sport

MOQ qoshida sportchilar «choyxona-yu, restoranlarda yurmasligini» nazorat qiladigan inspeksiya tashkil qilinadi

Sportchilarimiz uchun barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Ularga stipendiyalarni to‘lashda davom etamiz

Xavi nima uchun Qarshiga kelmagani ma’lum bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, payshanba kuni Qatar chempionati doirasida «Az Zuhayl» bilan uchrashuvda Xavi oyog‘ining orqa mushagidan jarohat olgan.

O‘zbekistonlik sportchi Arnold Shvarsenegger sovrinini qo‘lga kiritdi (video)

Ta’kidlab o‘tish lozimki, Mixail Volinkinning ushbu g‘alabasi yosh sportchilarimiz uchun haqiqiy namuna bo‘la oladi.

«Fiorentina» sardori Astori 31 yoshida vafot etdi. A seriya o‘yinlari bekor qilindi

Futbolchi bugun «Udineze» bilan o‘yinda maydonga tushishi lozim edi. Klub ushbu voqea to‘satdan yuz berganini bayon qilgan.

Dunyo

Qozog‘iston Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov respublika nomidan Yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Moskvada so‘nggi 68 yildagi eng qalin qor yog‘ishi mumkin

Bir necha kun oldin mutaxassislar shu bugun qor yog‘ishi va havo harorati 9 darajagacha sovib ketishi mumkinligini aytishgandi.

Tojikistonda zilzila ro‘y berdi

Zilzila epitsentri mamlakat poytaxti Dushanbe shahridan 97 kilometr sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i chuqurligi bir necha o‘n kilometrda ekani aytilgan.

Tavsiya qilamiz

Tez bo‘linglar, kattakon kelayapti!

Bunday holatni ko‘pincha katta yo‘llar yoqasida ishlab turgan hasharchilardan ham bilsa bo‘ladi. Bir gala odam uyoq-buyoqni tozalayaptimi, demak, kattaroq kimdir keladi.

«Feysbuk»da tanqidni qoyillatamiz, amaliy harakatga kelganda esa «no‘l»miz!

Odatda «Feysbuk»da tanqidni qoyillatamiz, ammo amaliy harakatlarga kelganda «no‘l»miz. Buni qonunlar muhokamasidagi ishtirokimizdan ham bilish mumkin. Ertangi kunimiz bugun qabul qilinadigan qonunlarga ham chambarchas bog‘liq. Shu bois qonun loyihalarini takomillashtirishda qatnashing, taklif va mulohazalaringizni bildiring, tanishlaringizni ham bu muhokamalarga taklif eting, ertangi kuningizga befarq bo‘lmang.

O‘zbekistonda paydo bo‘layotgan totalizator fojiasi

Unda istagan odam biror-bir sport o‘yini voqealari, natijalarini oldindan taxmin qiladi va shu taxmin uchun pul tikadi. Yutuq miqdori taxmin bilan natijaning qanchalik to‘g‘ri kelishiga bog‘liq. Sizning taxminingiz to‘g‘ri chiqsa, sizga yutuq chiqadi. Ustama pul ham berilishi mumkin. Agar taxminingiz o‘zini oqlamasa, siz tikkan pul kuyadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring