Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yana bir yirik zavod quriladi

Andijonda yana bir yirik zavod quriladi

Andijon viloyati hokimi «Medsintez» zavodi bosh direktori Aleksey Podkoritovni qabul qildi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bugun 17-yanvar kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Rossiya Federatsiyasining farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Medsintez» zavodi bosh direktori Aleksey Podkoritovni qabul qildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati saytimizga xabar berdi.

Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida bo‘lgan uchrashuvda viloyatda «Dializ markazi» tashkil etish, infuzion eritmalar, inson genetikasiga moslashtirilgan insulinning tayyor turlari, dori-darmonlarning qattiq va suyuq shakllarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bir necha yuz kishini ish bilan ta’minlaydigan zavod qurilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Ushbu investitsion loyihani amalga oshirish uchun bir nechta ob’yektlar taklif etildi. Uchrashuv yakunida an’anaga ko‘ra mehmonga zar chopon, Andijon viloyati tarixiga oid kitob va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring