Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda yong‘inni o‘chirish vaqtida bo‘linma komandiri vafot etdi

Andijonda yong‘inni o‘chirish vaqtida bo‘linma komandiri vafot etdi

Foto: FVV YoXBB

Andijon shahridagi sexlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish vaqtida o‘t o‘chiruvchi vafot edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berib o‘tdi.

2019 yilning 25 oktyabr kuni soat 23:36 da Andijon shahri Soy ko‘chasi 5-uyda joylashgan Kichik sanoat zonasi hududidagi sexlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida yong‘inni bartaraf etilishiga 18 ta texnika jalb etilgan, shulardan 16 tasi avtotsisternalar, 2 tasi maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari, viloyat FVB Qutqaruv guruhi, «Andijonchiroq» AJdan 1 ta qo‘shimcha avtomobil va Andijon shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 4 ta suv tashuvchi avtomobillari. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 23.40da yetib borganda, «DINAR TEXTILE» MChJga qarashli ishlab chiqarish sexining tom qismi ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 00:30 da o‘rab olinib, 02:45 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida «DINAR TEXTILE» MChJga qarashli quritish, matoga ishlov berish, mahsulotlarni saqlash ombori va bo‘yoqlash sexlarining hamda jamiyat ma’muriy binosining tomi va ichki qismlari taxminan 1500 kv.metr maydonda yonib zararlangan.

«DINAR TEXTILE» MChJning ma’muriy binosining 3-qavatida yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan Andijon viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi 1-sonli Kasbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi navbatchilik smenalari yong‘in o‘chirish ekipaji bo‘linma komandiri J.N. 2-qavatga tushib ketishi natijasida tan jarohati olgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, RShTYoIM Andijon filialiga olib borilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Yong‘indan ishlab chiqarish chetsining taxminan 1200 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in holati yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabar.uz tahririyati o‘z xizmat vazifasini o‘tish chog‘ida vafot etgan o‘t o‘chiruvchining yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring