Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aydar-Arnasoy ko‘ligacha temiryo‘l olib kelinadi

Aydar-Arnasoy ko‘ligacha temiryo‘l olib kelinadi

Foto: Xabar.uz

Prezident Jizzax viloyati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda

Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida yirik sohil turizm majmuasi va sog‘lomlashtirish markazi qurilgani Arnasoy tumani aholisining daromadi ko‘payishiga katta turtki berdi. 

Endilikda Arnasoy aeroportida katta samolyotlarni ham qabul qilish imkonini yaratish zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, Aydar-Arnasoy ko‘ligacha temir yo‘l ham olib kelinadi. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ga Do‘stlik tumanidan ko‘l hududigacha 45 kilometrli yangi temir yo‘l liniyasini qurishni boshlash topshirildi. 

Shuningdek, 7 milliard so‘m hisobiga tumandagi Baxtli mahallasining infratuzilmasi yaxshilanib, turizm qishlog‘iga aylantiriladi. Hududga olib boruvchi yo‘l ta’mirlanadi, tungi yoritish chiroqlari va turizm yo‘l belgilari o‘rnatiladi, manzarali daraxtlar ekiladi.

Jizzax shahri markazidagi «Istiqlol» bog‘i, unga tutash Sangzor daryosi bo‘yidagi yerlar uzoq yillardan buyon qarovsiz yotgan edi. Yil boshida 24 milliard so‘m ajratilgani natijasida bu yerlarning qiyofasi butunlay o‘zgarib, odamlar hordiq chiqaradigan maskanga aylandi. 

Kelasi yil Sangzor daryosini tozalash, suv bilan to‘ldirish, piyodalar o‘tish ko‘prigi va amfiteatr qurish uchun yana 20 milliard so‘m berilishi belgilandi. 

M-39 va A-376 xalqaro yo‘llarning 150 kilometri Jizzaxdan o‘tgani yo‘l bo‘yi servisini rivojlantirish uchun katta imkoniyat ekani ko‘rsatib o‘tildi. Magistral yo‘l bo‘yida alohida yo‘lakdan kiriladigan, Yevropa standarti bo‘yicha 2 tadan savdo-servis majmuasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. 

Shuningdek, M-39 magistral yo‘lining Jizzax hududidan o‘tgan 98 kilometr qismida yo‘lovchi va haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring