Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokurorning Buxorodagi sayyor qabuliga vodiydan ham shikoyatchilar keldi

Bosh prokurorning Buxorodagi sayyor qabuliga vodiydan ham shikoyatchilar keldi

Foto: «Xabar.uz»

Davlatimiz rahbarining yaqinda Buxoroga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari asosida Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi va Bosh prokuratura hamkorligida ikkinchi va uchinchi aprel kunlari ko‘hna maskanda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov boshchiligida o‘tkazilgan sayyor qabulga, «Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, nafaqat mahalliy fuqarolar, balki qo‘shni Samarqand va Navoiydan tashqari Qashqadaryo, Toshkent, hatto Farg‘ona vodiysining uch viloyatidan ham shikoyatchilar kelgan. E’tiborlisi, boshqa hududlardan kelgan fuqarolar «bugungi qabul faqat buxoroliklar uchun» degan vaj bilan ortga qaytarilmadi, balki navbati bilan ularning ham muammosi tinglandi.

Shuningdek, manbamiz sayyor qabul o‘n ikki soatdan ko‘proq davom etganini (ertalab sakkiz yarimdan kech soat to‘qqizgacha!) ham qayd etmoqda.

Xo‘p, qabulning ilk natijalari-chi?

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, sayyor qabulning birinchi kunida 312 nafar fuqarodan jami 245 ta ariza qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlarning 37 tasi joyida hal etildi, xususan, 14 nafar murojaatchi ishga joylashtirildi, 13 nafar fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma berildi, 2 nafar fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi, 1 nafar fuqaroga yer ajratildi, 3 nafar tadbirkorga 400 mln so‘mlik kredit ajratilishi ta’minlandi, yana bir nafar tadbirkorning faoliyatidagi muammosi ijobiy hal etildi. Qolgan 208 ta murojaat alohida nazoratga olindi.

Bosh prokuratura tarqatgan rasmiy xabarda murojaatlarning 64 tasi sud qarorlari (ma’muriy – 7 ta, iqtisodiy – 3, fuqarolik – 19, jinoyat – 35) yuzasidan ekani aytiladi. Ayni raqamga o‘zimizdan qo‘shimcha qilsak, bu qabulga kirgan har to‘rt fuqarodan bittasi chiqarilayotgan sud qarorlaridan norozi ekanini ko‘rsatadi. Bundan sud qarorlaridan norozi fuqarolarning vajlari yoppasiga asosli, deya xulosa chiqarib bo‘lmaydi, albatta. Biroq umumiy manzara chiqarilayotgan sud hujjatlari e’tirozlar soni kamayish o‘rniga ularga «baraka» kirayotganini ko‘rsatmoqda baribir.

Sayyor qabulning ikkinchi kuni?

Bu keyingi xabarmiz mavzusi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring