Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonning barcha masjidlarida Yangi Zelandiyada halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga duolar qilinadi

Bugun O‘zbekistonning barcha masjidlarida Yangi Zelandiyada halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga duolar qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 17-mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda peshin namoz ibodatidan so‘ng, Qur’oni karim tilovati va duolar qilish, shuningdek, diniy ta’lim muassasalarida xatmi Qur’onlar qilish va savobini halok bo‘lganlar ruhiga baхshida etish tavsiya etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning idoraning viloyatlardagi vakillariga yo‘llagan murojaatidan bildirilgan.

​«Butun dunyo mo‘min-musulmonlari, ulamolari, din va davlat arboblari ushbu uyushtirilgan terrorchilik oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirmoqda», ​– deyiladi murojaatda.​

«O‘z navbatida respublikamizdagi masjidlarda namozxonlarimizning tinch-osuda ibodat qilishiga xizmat qilayotgan nozirlar haqqiga ham duolar qilish maqsadga muvofiqdir», ​– deya qo‘shimcha qilinadi muftiy murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni qurollangan shaxslar «An-Nur» va «Linvud» masjidlarida juma namozidan so‘ng masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan, oqibatda 50 kishi halok bo‘lgandi.  ​Shuningdek, namozxonlarning o‘qqa tutilishi oqibatida 49 kishi yaralangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring