Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro aholisi uchun Xitoydan yana 25 ta avtobus xarid qilindi (foto)

Buxoro aholisi uchun Xitoydan yana 25 ta avtobus xarid qilindi (foto)

Buxoroda jamoat transportini rivojlantirish va tirbandliklarni qisqartirish maqsadida «Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish» bosh rejasi ishlab chiqilgan. Shunga muvofiq, jamoat transporti faoliyatida «Brutto-shartnoma» tizimi joriy qilindi. Buxoro viloyat transport boshqarmasi bosh mutaxassisi Umid Bahronovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, joriy oyda Xitoy Xalq Respublikasidan har biri 80 ming AQSh dollarilik Yutong avtobuslari keltirilgan.

Xuddi shunday avtobuslar 2019-yilda 65 ta, 2025 yilda 25 ta keltirilgan edi.

Umid Bahronovning so‘ziga ko‘ra, tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan o‘tgan yili xorijdan har tomonlama qulay va shinam bo‘lgan zamon talablariga javob beradigan 116 ta yangi avtobus, 45 ta mikroavtobus olib kelingan. Hozirda birgina Buxoro shahrining o‘zida brutto yo‘nalishlari 7 taga yetib, 84 ta yangi avtobus bu tizim orqali aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

– Yo‘l haqi to‘lovlarini elektron tarzda ham amalga oshirish uchun ATTO tizimi o‘rnatildi. Ya’ni, joriy yilning fevral oyidan boshlab, yo‘l kirada naqd pulsiz to‘lash tizimi ishga tushirildi. Bunda tashuvchi korxonalarga «Brutto» shartnoma asosida qatnovlarni bajarganligi uchun davlat budjetidan jami 33,6 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida yana 25 ta zamonaviy avtobus olib kelindi, - dedi Umid Bahronov.

Ushbu avtobuslar «Yevro-5» standarti talablariga to‘liq javob berishi hamda tabiiy siqilgan gazda harakatlanishi aytilmoqda. Ayniqsa, avtobuslar saloni to‘liq kuzatuv kameralari bilan ta’minlangani diqqatga molik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyi yakuniga qadar Buxoroga yana 60 ta xuddi shunday avtobuslar olib kelinadi. Xususan, shahar tipiga moslashtirilgan katta hajmdagi 12 dona avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Yil yakunigacha yangi olib kelinayotgan jamoat transportlari soni 100 tadan oshirilishi ko‘zlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring