Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Xudoyqulov Bahodir Xudoyorovichni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Bahodir Xudoyqulov - 1985-yilda tug‘ilgan. U Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik institutlarini tamomlagan. Faoliyati davomida 2018-2024 yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ham ishlagan.

Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2025-yil 19-noyabrdagi Prezident ishirok etgan videoselektor yig‘ilishida tumanning sobiq hokimi F.Yusupov hamda uning birinchi o‘rinbosari Z.Ergashevlar lavozimidan olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring