Toshkent shahar sudlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Muxiddinov Abdullajon Akromjon o‘g‘li - sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan);
Xakimov Azimjon Egamberdiyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi lavozimida ishlagan);
Nuraliyeva Zulfiya Alisherovna - sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga (bungacha fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiningg sudyasi lavozimida ishlagan);
Qo‘chqarov Sanjar Qo‘chqarovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga (bungancha Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimida ishlagan);
Ismailova Fotima Mamatkulovna – sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan) tayinlandi.
Shuningdek:
Kamilov Dilshod Tulkundjanovich – sudyalik vakolati muddati davriga jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga;
Dustmurodov Anvar Turayevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining tergov sudyasi lavozimiga tayinlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter