Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yalpi pasportlashtirish jarayoni boshlandi

Foto:«Xabar.uz»

Soliq islohotlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini profilaktika qilish maqsadida yalpi pasportlashtirish (ko‘zdan kechirish hamda so‘rov o‘tkazish) tadbirlari boshlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlar xo‘jalik sub’yektlarini tekshirish bilan umuman bog‘liq bo‘lmasdan, asosiy maqsad tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga rioya etishlari uchun ko‘mak va maslahat berishdan iborat.

Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan hech qanday ma’muriy va moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi hamda mavjud tushunmovchiliklar va kamchiliklar hamkorlikda bartaraf etiladi.

Mazkur tadbirlarga 2 558 nafar davlat soliq xizmati organi xodimlari jalb etilib, dastlabki ikki kuni davomida 19 032 ta ob’yektlar ko‘zdan kechirilgan.

Natijada:

– 5 651 nafar mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlayotgan fuqarolarga ijtimoiy himoyalanishlari uchun ish beruvchilar bilan munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirishlari;

– 2 254 nafar jismoniy shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari;

– 3 968 ta ob’yekt egalariga ijara shartnomalarini davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatga qo‘yishlari va 875 ta mol-mulk ob’yekti hamda yer maydoni egalariga mulkini kadastr idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari to‘g‘risida profilaktik suhbat va ogohlantirishlar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring